"Chelsi" uzoq kutilgan transferga yaqin
Entso Fernandes transfer oynasi yopilgunga qadar "Benfika"dan "Chelsi"ga o‘tishi kutilyapti.
"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, klublar yarim himoyachi transferi bo‘yicha kelishib olishlari ehtimoli yuqori. "Benfika" kelishuv amalga oshgan taqdirda, uni Portugaliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ruxsat beradi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalikning Lissabon klubi bilan shartnomasidagi tovon puli 120 million evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda u "Benfika" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar