«Chelsi» va «Liverpul» «Bornmut» yulduzining narxini bilib oldi
«Bornmut» Aleks Skottni kamida 100 million yevro evaziga sotishni rejalashtirmoqda, unga «Chelsi» va «Liverpul» da'vo qilmoqda.
Angliyaning «Bornmut» klubi Aleks Skott uchun narxini aniqlashtirdi.
The Touchline nashri maʼlumoticha, bir qator yetakchi jamoalar qiziqishi ortib borayotgan bir paytda «Bornmut» 23 yoshli futbolchini kamida 100 million yevro evaziga sotishni rejalashtirmoqda. Manbaga koʻra, hozircha Skott uchun kurashda asosiy daʼvogarlar sifatida «Chelsi» va «Liverpul» klublari tilga olinmoqda.
Joriy mavsumda Aleks Skott Angliya premyer-ligasi va Yevropa ligasida jami olti oʻyinda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida bir bor gol urdi va ikki marta golli pas berdi.
Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha moʻljallangan.
Izohlar (0)