"Chelsi" yangi murabbiy uchun uch nomzodni ko‘rib chiqmoqda

  • 23.04.2026 15:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Liam Rosenyor bilan xayrlashgan "Chelsi" jamoaga yangi bosh murabbiy izlashni boshladi.

"BBC Sport" xabariga ko‘ra, londonliklar ro‘yxatida uch mutaxassis bor. Ular — "Bornmut" ustozi Andoni Iraola, "Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva hamda ayni paytda ishsiz bo‘lgan Edin Terzich.

Manbaga ko‘ra, "aristokratlar" Rosenyor bilan qoniqarsiz natijalar tufayli yo‘llarini ayirgan.

Angliya Premier-ligasining 33 turidan so‘ng “Chelsi” 48 ochko bilan jadvalda faqat sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi mavsum Chempionlar ligasidan chetda qolish xavfi ostida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!