
“Chelsi” yosh futbolchiga ko‘p pul sarflaydi
Bilbaoning “Atletik” jamoasi yarim himoyachisi Niko Uilyams faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega.
Goal nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 20 yoshli futbolchi uchun ispan klubiga 50 million evro to‘lashga tayyor.
Bu yarim himoyachi kutilmaganda Qatardagi jahon chempionatida qatnashish uchun Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrikedan taklif oldi.
Murabbiylar shtabi uni asosan zaxiradan maydonga tushirmoqda.
Niko Uilyams Ispaniya chempionatida uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Uni “Arsenal” skautlari ham kuzatib bormoqda.
Fikrlar