"Chelsi" yozda sotib olgan futbolchisini sotishni ko‘zlamoqda
"Chelsi" jamoa hujumchisi Liam Delap bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqida "Football Insider" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi yozgi transfer oynasida forvardni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ayni vaqtda Delapga "Everton" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Angliyalik futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, "aristokratlar" 23 yoshli futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Hujumchi joriy mavsum londonliklar safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 2 ta gol va 4 ta golli uzama yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar