"Chelsi" yozda uch nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi yozgi trasnfer oynasida uch nafar himoyachi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "aristokratlar" yozda jamoa himoyachilari Tosin Adarabiyo, Benoa Badiashile va Trevo Chalobani sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, klub rahbariyati ushbu futbolchilarni jamoa darajasiga mos kelmasligini ta'kidlamoqda. Shu sababli, London klubi ularni sotish eng yaxshi qaror deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" klubi ayni vaqtda APL turnir jadvalida 26 ta uchrashuvda 44 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar