“Chelsi”dan norozi Palmer boshqa klubga o‘tmoqchi
"Chelsi" yulduzi Koul Palmer klubdagi hozirgi holatidan norozi. Bu haqida The Sun jurnalistlari ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli yarim himoyachi boshqa klublardan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Palmerga da'vogarlar orasida Myunxenning "Bavariya", Madridning "Real" va "Manchester Yunayted" klublari bor.
Palmer "aristokratlar" o‘yinidagi taktik o‘zgarishlardan qoniqmayapti. Uning fikricha, bu uning harakat erkinligini cheklamoqda.
Yarim himoyachi 110 million yevroga baholanmoqda. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar