“Chelsi”ning bir qator futbolchilari “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rozenyor Angliya Premier-ligasi 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda qaysi futbolchilar ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
"Yangiliklar yo‘q, ammo ijobiy tomoni shundaki, Estevao “Port Veyl”ga qarshi 90 daqiqa o‘ynadi (7:0). Qolganlarning holati esa o‘zgarmagan. Trevo Chaloba juda qattiq ishlayapti va maydonga qaytdi. Livay Koluvill mashq qilmoqda, ammo u hali ayrim to‘siqlarni engib o‘tishi kerak. Ris Jeyms esa bugun yugurish mashqlarida ishtirok etdi. Ularning hech biri “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi, ammo ular yaxshi ishlamoqda", — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “aristokratlar” 12 aprel kuni “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30'da start oladi.
Fikrlar