"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi jamoani kuchaytirish uchun himoyachi tanladi
"Chelsi"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Liam Rosenyor "Kristal Pэlas" markaziy himoyachisi Mark Gahini sotib olinishini istamoqda.
"Strasburg"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Rosenyor jamoa rahbariyatidan "Kristal Pэlas" sardori Mark Gexini klubga olib kelishni so‘ragan. Agar qishda uni sotib olish imkoni bo‘lmasa, mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan himoyachini "aristokratlar"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Biroq, "burgutlar" yetakchisini o‘z tomoniga og‘dirish oson bo‘lmasligi tabiiy. Sababi uni boshqa grand klublar ham o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti.
Ma’lumot uchun, Liam Rosenyor 1 yanvar kuni o‘z lavozimini tark etgan Enzo Mareskaning o‘rnini egallaydi.
Fikrlar