Chempion klub “Real” hujumchisiga ko‘z tikdi

  • 14.06.2026 14:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik faoliyatini Italiya ning amaldagi chempioni “Inter” jamoasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqida TUTTOmercatoWEB xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, milanliklar 19 yoshli braziliyalik legionerni 35–40 million yevro miqdorida majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

Hujumchini jamoada ko‘rishni nafaqat bosh murabbiy Kristian Kivu, balki klub prezidenti Juzeppe Marotta ham istamoqda.

“Real” rahbariyati Endrikni sal qimmatroq, 40–45 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Endrik “Lion”da ijara asosida o‘tkazdi. Yarim yil davomida u 21 ta o‘yinda 8 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!