Chexiyadagi turnirda MMA jangchisi raqibining qulog‘ini tishlab oldi

  • 09.02.2026 20:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

7 fevral kuni Chexiyaning Brno shahrida "Clash MMA 15" turniri bo‘lib o‘tdi. 

Kechaning markaziy to‘qnashuvida slovakiyalik Pavol Vasko va chexiyalik Vatslav Mikulshekni o‘zaro to‘qnash keldi. Biroq kutilmagan g‘alati holat yuz berdi.

Birinchi raundda Vatslav "teykdaun"ga harakat qilgan payti Pavol uning qulog‘idan tishlab oldi. Slovakiyalik jangchi maydonni tark etishi bilan Mikulshekning qulog‘idan darhol qon keta boshlandi. Ammo Vasko kiyinish xonasiga yo‘l olganida, unga muxlislar hujum qilishdi. Hatto bir muxlis unga stul ham otdi. Ushbu keskinlik Pavolni arenadan qochishga majbur qildi.

Ma’lumot uchun, mazkur bahs ushbu jangchilar uchun revanş edi. Ikkisi o‘rtasidagi birinchi jang 2025 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda slovakiyalik birinchi raunddayoq diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!