ChL. Amaldagi chempionlar o‘z maydonida "Atalanta"ni ayab o‘tirmadi
Chempionlar ligasining birinchi turida Luis Enrika boshchiligidagi parijliklar o‘z uyida Bergamoning "Atalanta" klubini qabul qilib, 4:0 hisobida engishga muvaffaq bo‘ldi.
Markaziy himoyachi hisoblangan Markinos 3-daqiqadayoq hisobni ochdi. 39-daqiqada esa gruziyalik hujumchi Xvicha o‘zining chiroyli yorib kirishi va kuchli zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Nunu Mendesh hisobni yiriklashishga sababchi bo‘ldi. 90+1-daqiqada esa jarohat olgan Joau Neveshning o‘rniga maydonga tushgan Gonsalu Ramush hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
PSJ
- Khvicha Kvaratskhelia 39'
- Nuno Mendes 51'
- Gonçalo Ramos 90'
- Marquinhos 3'
Tugadi
4
:
0
18.09.2025 00:00
Fikrlar