Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

ChL. "Bavariya" o‘z uyida "Chelsi"ni engdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Angliyalik hujumchining ikki goli o‘yin taqdirini hal qildi

UEFA Chempionlar ligasining ilk turida Vensan Kompani boshqaruvidagi "Bavariya" o‘z uyida Londonning "Chelsi" klubini qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Dastlab, to‘qnashuvning 20-daqiqasida Chalobax o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, avtogol muallifi bo‘ldi. Shundan so‘ng esa 27-daqiqada Xarri Keyn 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Koul Palmer oradagi farqni qisqartirgan edi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida angliyalik forvard dublni rasmiylashtirgan holda, germaniyaliklarning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, Palmer ham o‘yin yakunlanayotganda dubl muallifi bo‘lgan edi. Lekin gol keyinchalik bekor qilindi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q