Dahshat! PSJ “Real” so‘ragan yulduz narxini aytdi
“Real” rahbariyati anchadan beri “Pari Sen-Jermen” yetakchisi Vitinyaning transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar portugalik oʻyinchi maydon markazidagi ustunlikni taʼminlashda jamoadan ketgan Toni Kroos va Luka Modrichning oʻrnini bosa olishiga isonyapti.
Cadena SER nashri maʼlumotlariga koʻra, “Qirollik klubi” Vitinya transferi boʻyicha muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.
Futbolchi va parijliklar oʻrtasida kelishuvda boshqa klublar, xususan “Real” Vitinya uchun 100 million yevro taklif qilsa, klub oʻyinchini qoʻyib yuborishi haqida band bor.
Vitinya 2022 yilda “Portu”dan PSJga 41 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda mohir futbolchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 35 ta oʻyinda qatnashib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi boʻldi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 110 million yevroga baholagan.
Fikrlar