Dalich: "Marokash hech kimdan qo‘rqmaydi va bu biz uchun o‘ta xavfli. Finalda Frantsiya g‘alaba qozonishi mumkin..."

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Marokashga qarshi kechadigan bronza medali uchun bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Marokashning bu bosqichga qadar etib kelishini hech kim taxmin qilmagandi. Ular menga 1998 yildagi Xorvatiyani eslatib yubordi. Marokashlik futbolchilar turnir mobaynida o‘sib bordi, ajoyib xarakter namoyish etdi va muxlislar qalbini zabt etdi.  

Guruh bosqichida kechgan bahsdan farqli o‘laroq, bugun bizni og‘ir o‘tishi kutilayotgan uchrashuv kutib turibdi. Hozir raqib motivatsiya, energiya va ishonchga to‘la holatda. Ular hech kimdan qo‘rqmaydi va bu biz uchun o‘ta xavfli.

Final  haqida nima deya olaman? Ikki terma ham kuchli va finalga har taraflama munosib. Frantsiya nazoratni raqibga berib, g‘alaba qozonishi mumkin. Mbappe bellashuvda hukmronlik o‘rnatishini kutmoqdaman. 

Ammo argentinaliklar safida bir o‘zi hammasini hal qila oladigan Lionel Messi bor. Taxmin bildirish juda mushkul, men bunday qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardim (kuladi). Keling, yaxshisi kim kuchli bo‘lsa, o‘sha jamoa chempion bo‘lsin!", - dedi xorvatiyaliklar ustozi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!