Asosiy mazmunga oʻtish
Daniel Kormye: "Jastin Getji Arman Tsarukyangga qarshi jangda yaqqol autsayder bo‘ladi"

Daniel Kormye: "Jastin Getji Arman Tsarukyangga qarshi jangda yaqqol autsayder bo‘ladi"

  • 0
  • MMA

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Kormye engil vaznda amaldagi chempion Justin Getjining kelgusi faoliyati haqida fikr bildirdi. 

"Hozirgi kunda Arman katta yulduzga aylandi. Odamlarga uning oktagondan tashqarida o‘z nufuzini oshirish uchun qilayotgan ishlari ham yoqmoqda. Lekin shunga qaramay, Tsarukyan va Getji to‘qnashuvida amerikalik autsayder hisoblanadi.

Bu yerda yana bir savol tug‘iladi, u ham bo‘lsa Justinning o‘zi aytgan gaplaridan kelib chiqadi: u allaqachon hayotidagi eng yaxshi jangini o‘tkazib bo‘lganini ta’kidlagan. U shunday darajadagi chiqishni yana bir bor takrorlay oladimi? Chunki aynan bunday performans unga Armanini engish uchun kerak bo‘ladi", — deya ta’kidladi Kormye o‘zining YouTube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan "UFC 331" turnirida Maurisio Ruffini 1 raunddayoq nokautga uchratdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q