Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Darya Kasatkinaning iste’dodi so‘nmoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

U yana mag‘lubiyatga uchradi

Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina London shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Uimbldon" chempionatining ilk davrasida mag‘lub bo‘ldi.

Darya ushbu bosqichda avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan o‘yinda Ayla raqibini 3:6, 1:6 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa Tomlyanovich "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi bosqichida frantsiyalik Alize Korne, yoki belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga tushadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q