David Ferrer xitoylik tennischiga dars berdi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida mukofot puli 501.345 AQSh dollar bo‘lgan “ATP ASB Classic – 2018” turnirida ispaniyalik David Ferrer xitoylik U Ibinni birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Portugaliyalik Joao Souza birinchi davrada amerikalik Donald Yangni uch setda taslim qilgan bo‘lsa, ispaniyalik Roberto Bautista-Agut mezbonlar vakili Maykl Venusni ikki setda engdi.
Musobaqaning qolgan natijalar bilan tanishing:
Karen Xachanov (Rossiya) – Yuchi Sugita (Yaponiya) – 6:1, 3:6, 6:4
Denis Shapovalov (Kanada) – Rojerio Dutra da Silva (Braziliya) – 6:3, 6:2
Pablo Kuevas (Urugvay) – Taro Daniel (Yaponiya) – 6:3, 6:2
Peter Goyovchik (Germaniya) – Tim Smychek (AQSh) – 6:3, 4:6, 6:3
Stiv Jonson (AQSh) – Liam Karuana (AQSh) – 7:5, 7:6
Irji Vesely (Chexiya) – Radu Albot (Moldaviya) – 3:6, 6:1, 7:6
Lukash Latsko (Slovakiya) – Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) – 6:3, 6:7, 6:3
Robin Xaase (Niderlandiya) – Kasper Ruud (Norvegiya) – 0:6, 7:6, 6:3

Izohlar (0)