Davron Fayziev Charlz Oliveyraning g‘alabasiga izoh berdi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bir muddat avval "UFC 262" turniri o‘z yakuniga etdi. Markaziy jangda engil vazn toifasi kamari uchun Charlz Oliveyra va Maykl Chendler bahs olib bordi. Oliveyra ikkinchi raundda super nokaut evaziga g‘alabaga erishdi. 

Tecno

Oliveyra super nokaut orqali Habibdan qolgan kamarga ega chiqdi (video)

Ushbu jang xususida taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirdi. 

"Charlz Oliveyraning g‘alabasi meni hayron qoldirmadi. Ovozli chatda ham uni favorit, degandim. Unda nega hamma buni shov-shuvdek qabul qilyapti? Chunki 1-raundda Chendler va g‘alabani faqatgina referining professionalligi ajratib qoldi. Ref jarayonni o‘qiy oldi va Oliveyra to‘liq xushida ekanligini ko‘rdi. Tajribasizrog‘i Charlzning yuzi qonga belanib yotgani, Chendler tepadan bombalar tashlayotgani ta’sirida stop, devorishi ham mumkin edi. Natijada, Charlzning ichki resursi yoqildi va u ikkinchi raundga “o‘lish” uchun tushdi. Maykl 5 daqiqalikdan xulosa qilib, adashdi. O‘ta ishonch bilan Oliveyra tomon qadam tashladi. Shu bilan uning chempionlik ambitsiyalariga nuqta qo‘yildi. Kambeklar har qanday sport turiga drama qo‘shadi. Uning faoliyati ham katta bir kambek. Mag‘lubiyatlardan keyingi to‘liq transformatsiya va chempionlik sari uzoq, og‘ir yo‘l. Charlz Oliveyra aynan kambek evaziga nokautga erishgani uning chempionligiga effekt berdi. Biroq, Pore, Getji va hatto Konor hamon unga qarshi favoritdek ko‘rinyapti. Hozircha!", - deb yozdi Fayziev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!