Davron Fayziev: "Mbappe "Real"ga qanchalik kerakligini amalda ko‘rsatdi. O‘ta yuqori daraja"
Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan PSJ va "Real" o‘rtasidagi o‘yin parjliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng taniqli sharhlovchi va jurnalist Davron Fayziev "Telegram" kanalida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
"Anchelotti progmatik futbolni tanladi va yutqazdi. Benzema va Vinisius yordamsiz qoldi. PSJ o‘ta kuchli bosim yuzaga keltirdi. Mbappe Messi tushgan planetaga qarab ketmoqda. O‘ta yuqori daraja. U "Real"ga qanchalik kerakligini amalda ko‘rsatdi. Pochettinoga - bravo. Neymar javob o‘yinida yanada katta xavf uyg‘otadi. Shunday bo‘lsada, hammasi hal deyishga shoshmaymiz. Madriddagi "Madrid" boshqa "Madrid", - deydi Fayziev.
Fikrlar