Davron Fayziev "Qo‘qon-1912"ga qaytdi
Futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan tajribali murabbiy Davron Fayziev rasman "Qo‘qon-1912" jamoasida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Murabbiy o‘tgan yilgi mavsumda ham jamoada faoliyati olib borganligi barchangizga ma’lum. Bu yilgi mavsumni "Buxoro"da boshlagan mutaxassis bundan buyog‘iga Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o‘rin oladi.
Jamoa nomidan Davron Oripovichga omad tilaymiz! - deyiladi klub rasmiy xabarida.
Davron Fayziev shu yilning boshida - 5 yanvar kuni "Buxoro" bosh murabbiyi deb e’lon qilindi. 22 aprelda iste’foga chiqarildi.
Fikrlar