De Bryüne mavsumni qaerda o‘tkazishni hal qildi
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Breyne joriy yozgi transfer oynasida «Napoli» tarkibidan ketmaydi va 2026/2027 yilgi mavsumda ham Italiya klubi sharafini himoya qilishda davom etadi.
Bu haqida jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi yaqinlari bilan kelajagini muhokama qilgan va ommaviy axborot vositalari avvalroq xabar qilgan «Inter Mayami» klubining qiziqishiga qaramasdan, jamoasini o‘zgartirmaslikka qaror qilgan.
De Breyne «Napoli» bilan tuzgan shartnoma bo‘yicha kamida 2027 yil yozigacha klubda qolishi kutilmoqda. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, belgilaylik yarim himoyachining transfer qiymati 8 million yevro atrofida baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi. 2026 yildagi jahon chempionatida esa Belgiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda ishtirok etib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar