
De Bryuyne va Eto'O o‘rtasidagi katta janjalga nima sabab bo‘lgan?
Jon Obi Mikel Kevin De Bryuynening Samuyuel Eto'O bilan janjallashgani haqida gapirdi.
Qayd etish lozim belgiyalik London klubi safida 2012 yildan 2014 yilgacha, kamerunlik forvard esa 2013 yildan 2014 yilgacha londonliklar safida to‘p surgan.
“Menimcha, Kevin De Bryuyne o‘sha paytda mashg‘ulotlarga unchalik qiziqmasdi. Balki u unchalik ko‘p o‘ynamagani uchun hamisha boshini quyi solib yurar, doim g‘azabli va xafa bo‘lib ko‘rinardi. U o‘yin maydonchasiga kelgan bolaga o‘xshardi, lekin hech kim u bilan o‘ynashni xohlamaydi.
Esimda, Eto'O uni tanqid qilgan va ular mashg‘ulotlarda katta janjal chiqqandi. Sababi, Kevin o‘zini bor salohiyatini sarflamasdi", - dedi “Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi o‘zining podkastida.
Fikrlar