De la Fuente "JCH-2026"da Ispaniya g‘alabasini izohladi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jahon chempionati-2026 da qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bu g‘oya asosida tarbiya topgan, unga sodiq qolgan va uni yanada takomillashtirgan avloddan juda faxrlanaman. Bu futbolchilar bizga haqiqiy jamoaviy o‘yin namunasi ko‘rsatishdi, bir oiladek bo‘lishdi. Ular mahoratli, katta salohiyatga ega, yuksak iste’dodli o‘yinchilar. Men ulardan faxrlanaman.
His-tuyg‘ular juda ko‘p. Biz bu avlod futbolchilari bilan qo‘limizdan kelgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik.
Menimcha, o‘yin ancha oldin yakunlanishi mumkin edi. Martinesning bir necha marotaba darvozani qutqarib qolgani hisobni ertaroq ochishimizga, g‘alabani tezroq ta’minlashimizga yo‘l qo‘ymadi. Lekin bu jahon chempionati finali – bu yerda azoblanishga ham tayyor bo‘lish kerak, raqib maydonda o‘n kishi bo‘lib qolgan taqdirda ham. Biz har qanday ssenariyga tayyor edik», – dedi de la Fuente.

Fikrlar