De Ligtni "Yuventus"da qaysi futbolchilar hayron qoldiradi?

  • 6 iyun, 2020, 14:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi himoyachisi Matteys de Ligt portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Ronaldu – o‘z davrining eng zo‘r futbolchisi va o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ajoyib namuna.

Men har doim uning o‘yiniga qarab rivojlanishga harakat qilaman, chunki u mashg‘ulotlarda aqlbovarqilmas kuch sarflaydi. Shundan so‘ng, uning yoshi 35 da ekaniga shubha qila boshlaysiz.

Bizda kuchli jamoa shakllangan, unda yaxshi futbolchilar ko‘p. Eng quvnoqlari Janubiy Amerikadan. Ronaldudan tashqari meni Dibala va Bentankur ham hayron qoldirdi. Ularning ikkalasida ham ajoyib texnika bor.

Rodrigoga etarlicha baho berilmayapti, uni oldinda porloq kelajak kutmoqda”, - deydi de Ligt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!