De Yong: "Buni vaqt ko‘rsatadi!"

  • 12 noyabr, 12:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi. O‘tgan oyda 28 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan edi.

Tecno

"Aniq bilmayman, lekin "Barselona"da yana ko‘p yillar o‘tkazishga umid qilaman. Bu erda o‘zimni juda qulay his qilyapman. O‘ylaymanki, bizda yaxshi jamoa bor va porloq kelajak ko‘ryapman. Jamoada o‘zimni kerakli insondek his qilyapman. Oilam va men baxtlimiz va uzoq vaqt qolishdan xursand bo‘lardim, lekin ishlar qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Buni vaqt ko‘rsatadi", dedi niderlandiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Frenki 2019 yildan beri "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilib keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!