
De Yong: Hafsalam pir bo‘ldi
Frenki de Yong "Barselona"da ko‘proq unvonlar yutishini kutganini tan oldi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniya klubiga 2019 yilda "Ayaks"dan kelib qo‘shilgandi.
"Tan olishim kerak, "Barselona" bilan shartnoma imzolaganimda, 4 yil ichida atigi 1 ta La Liga bosh sovrini, 1 ta Ispaniya kubogi va 1 ta Ispaniya superkubogini yutishimni tasavvur ham qilmagandim.
Men kamida ikki baravar ko‘proq sovrin yutishni kutgandim. Shuning uchun, hafsalam pir bo‘ldi. Biroq ba’zi narsalarni oldindan ayta olmaymiz", - dedi Frenki de Yong "Voetball International" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar