De Zerbi APLning ikki grand klubidan birida ish boshlashi mumkin
Yaqinda "Marsel" jamoasidan isteʼfoga chiqarilgan murabbiy Roberto De Zerbi APLning ikki grand klubidan birida ish boshlashi mumkin. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, 46 yoshli mutaxassis "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin. Maʼlum boʻlishicha, "shaharliklar" mavsum yakunlangach jamoani tark etadigan Xosep Gvardiolani oʻrniga nomzodlar qidirmoqda. MYu ham Maykl Kerrik oʻrniga tajribali murabbiy izlamoqda.
Maʼlumot uchun, italyalik murabbiy oldin ham APLda faoliyat olib borgan. U 2022 yildan 2024 yilgacha "Brayton" jamoasiga ustozlik qilgan.

Fikrlar