Deklan Rays: "Bekor qilingan penalti tushunarsiz qaror bo‘ldi"

  • 30.04.2026 13:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays "Atletiko Madrid"ga qarshi o‘yinda (1:1) bekor qilingan penalti haqida fikr bildirdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam Danni Makkeli londonliklar foydasiga penalti belgilagan edi. Vaziyatda David Xantsko jarima maydonida to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Eberechi Ezening oyoq qismiga tegib ketgan.

Biroq VAR bilan muloqotdan so‘ng va epizodni qayta ko‘rib chiqqach, hakam o‘z qarorini o‘zgartirdi.

"Har ikki jarima maydonida juda ehtiyotkor bo‘lish kerak, chunki bu holatlarda deyarli hammasi uchun penalti berishyapti. Bu aniq penalti edi. Nima uchun berilmaganini tushunmadim. Menimcha, muxlislar bosim o‘tkazib, hakamni qarorini o‘zgartirishga majbur qildi. APLda bunday qaror qabul qilinmas edi", — dedi Rays.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!