Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Deklan Rays: «O‘g‘lim Yamalning katta muxlisi»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Deklan Rays oʻgʻli Lamin Yamalning katta muxlisi ekani va Yamal uni maydonda juda iliq kutib olganini aytdi.

«Arsenal» va Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays «Barselona» hamda Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

«O‘g‘lim Laminning katta muxlisi. Unga Yamalga qarshi maydonga tushishimni aytganimda, qayta-qayta so‘rayverdi: «Nega sen Lamin ga qarshi o‘ynaysan?!»

Lekin Lamin uni juda iliq kutib oldi. Ota sifatida bu munosabatni juda qadrladim. Juda mehribon, samimiy holat edi.

Bilaman, uning o‘zidan kichik ukasi bor, u ham ukasiga g‘amxo‘rlik qiladi. Shuning uchun bu unga tabiiydek. Bu harakat meni juda hayajonlantirdi. U Lamin ning qay darajada hurmatli va kamtar yigit ekanini ko‘rsatdi», — dedi Rays.

Joriy mavsumda Lamin Yamal «Barselona» tarkibida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q