Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Deku "Barsa"ga yangi yulduz tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklarga aynan shu oʻyinchi kerak

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol «Barselona» sport direktori Deku uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangani xabar qilinmoqda. Bu haqida El Nacional nashri yozdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Deku xorvatiyalik futbolchini jamoaga qo'shib, himoya chizig'ini kuchaytirish tarafdori. U «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalarni buzish bo'yicha qo'yilgan ayblovlar klubni o'yinchi narxini pasaytirishga majbur qilishi mumkin, deb umid qilmoqda. Shu bois kataloniyaliklar aniq qadam tashlashdan oldin vaziyatni yaqinidan kuzatmoqda.

Yoshko Gvardiolning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda. Eslatib o'tamiz, xorvat himoyachi shu yil yozida ingliz klubi bilan kelishuvini uzaytirgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q