Dembele: “Men finalga 100 foiz tayyorman”
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi finali oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Arsenal” juda kuchli jamoa. Ular Premier-ligada chempion boʻlishdi va finalga chiqishga munosib edi. Jamoa yaxshi futbol oʻynaydi va standart vaziyatlarda ham xavfli hisoblanadi.
“Oltin toʻp”ni yutishimdan keyin hech narsa oʻzgarmadi. Men faqat jamoaviy sovrinlar haqida oʻylayman. Agar Chempionlar ligasini yutsak, tarixga kiramiz. “Arsenal”ni magʻlub etish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Men oʻyinga 100 foiz tayyorman", — dedi Dembele.
Maʼlumot uchun, bosh sovrin uchun bahs 30 may kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar