Dembele PSJdan norozi

  • 15.10.2025 15:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to‘p – 2025" mukofotini qo‘lga kiritganidan so‘ng parijliklardan o‘z shartnomasi shartlarini yaxshilashni so‘radi. Bu haqda "L’Équipe" nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Dembele klubdan o‘z o‘yini va mavqeiga mos ravishda maoshini oshirishni talab qilmoqda. Hozirda sport maslahatchisi Luish Kampush va futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi Mussa Sissoko o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Uning ayni paytdagi sof maoshi yiliga 18 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, frantsuz vingeri o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Shuningdek, u PSJ tarkibida Chempionlar Ligasi, Liga 1, Frantsiya Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!