
Deniel Evans: Karen seni kutmoqdaman
Britaniyalik tennischi Deniel Evans va germaniyalik Filipp Kolshrayber Rotterdam shahrida o‘tayotgan tennis turnirida o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqaning ilk davrasidan o‘rin olgan ushbu o‘yinda Deniel tajribali raqibini 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "ABN AMRO World Tennis Tournament"ning ikkinchi davrasida Evans rossiyalik Karen Xachanov yoki italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar