Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Denis Istominning navbatdagi raqibi aniqlandi

Zohir2018
Izohlar: 0

U ertaga tushlikdan so‘ng final uchun raqobatlashadi

Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turnirida Denis Istomin yarim finalga chiqdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Denis chorak finalda qozog‘istonlik Aleksandr Nedovesovni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Endi tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda gollandiyalik tennischi Botik Van de Zandshulp bilan raqobatlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q