
Denis Shapovalov 20 yoshida chempion bo‘ldi
Kanadalik tennischi Denis Shapovalov Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida o‘tkazilgan turnirda bosh sovringa ega chiqdi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Denis serbiyalik Filipp Krayinovichni har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida engdi.
Shu tariqa "Intrum Stockholm Open" turnirining g‘olibi bo‘lgan Shapovalov 250 reyting ochkosi hamda 109,590 evro pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fikrlar