Desham: "Mbappe gollarni AQShda bo‘ladigan turnirga saqlayapti"
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida uchinchi o‘yin ketma-ket gol ura olmadi.
O‘rtoqlik uchrashuvida Frantsiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvda xet-trikni Maykl Olise amalga oshirdi.
Frantsiya bosh murabbiyi Didye Desham Mbappening formasi haqida xavotir yo‘qligini bildirdi.
"Men xavotir olmayapman. Uning bir nechta imkoniyatlari bo‘ldi, lekin u aniq harakat qilmadi. U menga gollarni AQShda bo‘ladigan turnirga saqlayapman, dedi va men ham roziman", — dedi Desham TF1 telekanaliga.
Mbappe hozirgacha Frantsiya terma jamoasida 98 o‘yinda 56 ta gol urgan.
Jahon chempionatida Frantsiya Senegal, Iroq va Norvegiya bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q