Dibala A Seriyada rekord o‘rnatdi
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala 2006/2007-yilgi mavsumdan boshlab A Seriya tarixidagi eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Uning hisobida kamida 200 ta golli harakat - 131 ta to‘p va 69 ta assist bor.
Italiya chempionatining 21-turida "Torino"ga qarshi kechgan va rimliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda argentinalik futbolchi gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchi 2022 yilning yozida "Roma" tarkibini to‘ldirib, "Yuventus" bilan shartnomasi tugagandan keyin erkin agent sifatida klubga o‘tgan edi. U so‘nggi 20 yil ichida turnirda 200 ta golli harakat qilish reytingini qo‘lga kiritgan birinchi xorijlik bo‘ldi.
Fikrlar