Dibala Shomurodovga yo‘l ochdi

  • 16 oktabr, 2022, 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mavsumning eng qizg‘in pallasida murakkab ahvolga tushib qoldi. Joze Mourino shogirdlari A Seriyada “Montsa”dan boshqa birorta jamoani ishonchli tarzda mag‘lub etolgani yo‘q. G‘alabalar juda katta mehnat va kuch sarflash evaziga qo‘lga kiritilmoqda.

Tecno

Evropa ligasi guruh bosqichidagi ahvol ancha chatoq. “Roma” safar uchrashuvida “Betis”dan bir ochko olib qaytgani ularni hali kurashda ushlab turibdi.

Bundan tashqari, jamoaning asosiy quroliga aylangan Paulo Dibalaning kutilmagan joyda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqishi Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabini ancha o‘yga toldirib qo‘ydi.

h_57980476-703x400

Italiya matbuoti poytaxtliklarning bu holatini tahlil qilmoqda. Mutaxassislar Dibalaning jarohati zaxiriga mixlanib qolgan Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaraviga yangi imkoniyat berilishiga xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suryapti.

Tibbiyot xodimlari argentinalik hujumchi salomatligini tiklab olishi 40 kun atrofida vaqt kerakligini ta’kidlagan. Argentina terma jamoasi ham Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashadigan o‘yinchilarning dastlabki ro‘yxatiga Dibalani qo‘shgan bo‘lsa-da, amalda uni mundialga jalb qilib juda qiyin masala.

“Roma”ning o‘yinlar taqvimi juda tig‘iz ko‘rinish olgani, o‘yinchilar ko‘p jarohat olayotgani Joze Mourinonini zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar yordamidan ko‘proq foydalanishga majbur qilishi aytilmoqda.

Dibalaning jarohati va uzoq muddatga safdan chiqishi Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaraviga ko‘proq suyanishga yo‘l ochadi. Tarkibdagi vaziyatdan kelib chiqib, Joze Mourino o‘yinlarda ko‘proq 3-4-1-2 taktik sxemasidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa Eldor va Stefanga qo‘shimcha daqiqalar berilishiga olib keladi, - deb yozdi Tuttomercatoweb sayti.

Bu yilgi musobaqalardagi statistikalar tahliliga e’tibor qaratsak, oldingi chiziq vakillarining aksariyatida pasayish kuzatilayotganini ko‘rish mumkin.

Safdan chiqqan Paulo Dibala “Roma” muvaffaqiyatlarini ta’minlab kelayotgan edi. Argentinalik yulduz A Seriya va Evropa ligasida 11 ta uchrashuvda ettita gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan.

Temmi Abraxamning o‘tgan mavsumdagi to‘purarlik mahorati hali tiklangani yo‘q. Angliyalik forvard 12ta bahsda o‘z hisobiga ikkitadan gol va golli pas rasmiylantirdi.

Universal hujumchi Nikolo Dzanolo ettita bellashuvda bitta assist bilan kifoyalanib turibdi xolos. 23 yoshli futbolchi hali gollar hisobini ochmagan.

Andrea Belotti sport formasini tiklab borayotganiga qaramay, samaradorligiga havas qilib bo‘lmaydi. Italiya terma jamoasi vakili 10 ta o‘yinda bir juft to‘p kiritdi xolos.

Jamoa sardori va pleymeykeri Lorentso Pellegrini 12 marta maydonga tushib, bitta gol va oltita assist qayd etgan.

Zaxirada maydonga tushirilayotgan Stefan El-Shaaravi jami 129 daqiqa to‘p tepib, birorta samarali natija ko‘rsata olmadi. Bu borada Eldor Shomurodovning ko‘rsatkichi ancha ijobiy. Legionerimiz jami to‘rt marta ko‘rinish berib, atigi 60 daqiqa o‘ynadi va “Roma”ning Evropa ligasi guruh bosqichidagi ilk goli muallifi sifatida esda qoldi.

NuEHKjrHYqegNf7

Endi “Roma” navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr kuni safarda “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazadi. O‘tgan mavsumda Eldor kam sonli gollaridan birini aynan genuyaliklar darvozasiga kiritgan edi. Bo‘lajak o‘yin Mourinoning hujumchilar borasidagi strategiyasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

Shomurodov Xoland bilan birga!

Legionerimiz jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek lets play
15/10/2022 18:24
Romada hama hujumchila jarohat olsaham bu Mour yarimhimoyachilarni hujumga qoyadi lekn Eldorga umuman ishonmiy qoygan
Baxil Alihuja
15/10/2022 17:55
Ромада жарохат олмаган 11та уйинчи бор экан, Шома асосий составда тушмайди. Моур иложи булса, 3та дарвозабон 4 та химоячи 3та ярим химоячи туширади, ягона хужумчи килиб шаравийни туширади. Шома захирада тухум босиб утираверади.
&
салахидин
15/10/2022 20:07
Бировни жарохати эмас узини уйини билан тушсин майдонга Бир томондан узимиз айбдормиз кутара кутар килиб