
Diego Godin Urugvay terma jamoasi tarixiga kirdi
Urugvay JCh-2022 guruh bosqichidagi o‘yinini Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazdi. Himoyachi Diego Godin Janubiy Amerika jamoasida asosiy tarkibga maydonga tushdi.
"Opta" nashri xabariga ko‘ra, Godin Urugvay terma jamoasi tarixida jahon chempionatida ishtirok etgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Godin jahon chempionatida 36 yosh-u 281 kun davomida ishtirok etmoqda. U 1954 yilgi Jahon chempionatidagi Obdulio Varelaning natijasini ortda qoldirdi. Qiziqarli tomononi shundaki, Varela ushbu natijaga erishganida Godindan atigi ikki kun kichik edi (36 yosh-u 279 kun).
Fikrlar