Diego Simeone Kukurelyani "Atletiko"ga olib kelishni istamoqda

  • 02.04.2026 01:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya "Atletiko Madrid" qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqida TheHardTackle nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, madriddliklar Kukurelyani Diego Simeone o‘yin uslubiga mos tushadigan ideal futbolchi deb hisoblamoqda. Biroq ispaniyalik himoyachi "aristokratlar" uchun muhim futbolchilardan biri sanaladi va shu sababli uning transferi kam ehtimolli deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda Mark londonliklar safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!