
Dillian Uayt: "Deontey Uaylder boks tarixidagi eng katta firibgar"
Og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Dillian Uayt taniqli bokschi Deontey Uaylder hakida keskin fikrlar bildirdi.
“Uaylder boks tarixidagi eng katta firibgar. U besh yildan beri menga qarshi to‘qnash kelishdan qochmoqda. Meni qo‘ya turing, u Jozef Parker va Chjan Jiley bilan revansh uchun ham harakat qilmayapti. Entoni Joshua va men 100 yoshga kirsak ham o‘zaro jang qilishga rozi bo‘lamiz. Sababi bizda sog‘lom raqobat bor. Biroq Deontey bilan unday emas" - dedi Uayt "Sky Sports" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turki Al ash-Shayx Uaylder va Joshua o‘rtasida jang tashkil qilmoqchi ekanini aytgandi.
Fikrlar