"Dinamo" bir futbolchi kam bo‘lib "Sho‘rtan"ga yutqazdi

  • 9 mart, 2021, 18:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi “Sho‘rtan”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Charxin qo‘rg‘onidagi “Dinamo” futbol maktabi maydonida o‘tgan bahsda Hakim Fuzaylov shogirdlari Asror Aliqulov boshchiligidagi G‘uzor klubiga mag‘lub bo‘lishdi – 0:2.

Ta’kidlash kerakki, 65-daqiqada “Dinamo” hujumchisi Shoxruh Abdurahmonov maydondan chetlatildi. Shundan keyin 70 hamda 85-daqiqalarda Islom Baratov va Asadbek Samariddinovning gollari “Sho‘rtan”ga g‘alaba keltirdi.

“Dinamo”: Arslon Ahrorov, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Dmitro Sidorenko, Komil Sharofutdinov, Oleg Marchuk, Timur Hakimov, Jamshid Hasanov, Siroj Meliev, Sardor Eminov, Mixaylo Udod.

Zaxiradan maydonga tushganlar: G‘olib Sariboev, Islom Sharipov, Humoyun Sherbo‘taev, Akmal Kozimov, Temur Ismoilov, Shoxruh Abdurahmonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!