"Dinamo" bugun Toshkentda mashg‘ulotlarni boshladi
«Dinamo» jamoasi bugun, 3 yanvar kunidan Toshkentda yig‘inga kirishdi.
Do‘rmondagi qarorgohda o‘tayotgan poytaxt yig‘ini 15 yanvargacha davom etadi. Vadim Abramov boshchiligidagi bugungi mashg‘ulotlarda legionerlardan tashqari, barcha mahalliy o‘yinchilar ishtirok etmoqda.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoaning yangi a’zolari Nurullo To‘xtasinov, Azizbek Amonov, Rasul Yo‘ldoshev ham tarkibga qo‘shilgan. Yangi legioner futbolchilar esa 4-5 yanvar kunlari kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi 3-15 yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazgach, 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida xorij yig‘inini o‘tkazadi.
Fikrlar