
"Dinamo" "Bunyodkor"ni yutdi va braziliyalik Maykon samarqandliklar safida ko‘rinish berdi
Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» Toshkentda «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushdi.
Samarqandliklar safida braziliyalik yarim himoyachi Duglas Maykon ko‘rikda ishtirok etdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Kojo Joel penaltidan gol ura olmagan bo‘lsa, 34-daqiqada Iminov kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda murabbiylar tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgan bo‘lsa-da, "Dinamo" uchrashuvda g‘alabaga erishdi.
«Dinamo» 27 iyul kunidan Samarqandda 3 avgust kungi «Navbahor»ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.
O‘rtoqlik o‘yini. 25 iyul. Toshkent
«Bunyodkor» - «Dinamo» - 0:1
Bosh hakam: Rahim Karimov
Gol: Humoyunmirzo Iminov, 34.
«Dinamo»:Yagudin, O‘rozov, Miyich, Tursunov, Narh, Duglas, Ratino, Muydinov, Iminov, Hojimirzaev, Kojo
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahmatov, Qodirov, Abdullaev, Mustafoev, Shoahmedov, Temirov, Xalilov, Rahmatullaev.
Chetlatishlar: Ratino, 45 - Temurxo‘ja Abduxoliqov, 45
Fikrlar