"Dinamo" oʻrtoqlik oʻyinida "Aral"ni yirik hisobda yengdi

  • 05.02.2026 13:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun, 5 fevral kuni "Dinamo" jamoasi Toshkentda Nukusning "Aral" klubiga qarshi maydonga tushdi.

"Dinamo" matbuot xizmatining yozishicha, uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ne’matilla Qutiboev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag‘lub etishdi.

O‘yning 2-daqiqasida Anvarjon Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Azizbek Amonov hisobni ochgan bo‘lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzaevning uzatmasidan keyin hujumga yetib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan ajoyib golga mualliflik qildi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Nurillo To‘xtasinov va Mirjahon Miraҳmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.

Bugungi bahsda fransiyalik himoyachi Mahammadu Dembele "Dinamo" ko‘rigida qatnashdi. 

O‘rtoqlik o‘yini. 5 fevral
«Dinamo» - «Aral» - 4:0

«Dinamo»: Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O‘rozov, Mahammadu Dembele, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiev, Anvarjon Hojimirzaev, Azizbek Amonov, Ulug‘bek Hoshimov.

Ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov,  Ulug‘bek Abdullaev, Kingsli Sarfo, Bektemir Abdumannonav, Nurillo To‘xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Miraҳmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Obloqulov. 

Gollar: Azizbek Amonov 2, Mauro Brazil 8, Nurillo To‘xtasinov 55, Mirjahon Miraҳmadov 77.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!