"Dinamo" Rossiya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan legionerning transferini e’lon qildi

  • 24 fevral, 2023, 10:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o‘z safini yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirmoqda.

Tecno

Toshkentda o‘tgan yig‘in davomida «Dinamo» jamoasi safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan rossiyalik markaziy himoyachi Evgeniy Nazarov klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

dinamo legioner2

O‘z vaqtida Rossiya yoshlar jamoasi safida to‘p surgan 25 yoshli himoyachi o‘tgan yillar davomida Rossiyaning «Krasnodar», Chexiyaning «Teplitse» va «Bogemians 1905» hamda 2022 yil Armanistonning «Urartu» klubi sharafini himoya qilgan.

Ma’lumotnoma:
Evgeniy Nazarov
Tug‘ilgan sanasi: 1997 yil, 7 aprel
Tug‘ilgan joyi: Rossiya, Neftekumsk shahri
Ampluasi: markaziy himoyachi.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!