Diyor Imomxo‘jaev: "Turon", "Andijon", "Yangier", "Istiqlol" kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz

  • 14 mart, 2021, 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev bugun bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona" - "Turon" (1:0) uchrashuvida hakam tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatodan so‘ng, Superliga o‘yinlarida VAR tizimi imkon qadar ko‘proq o‘yinlarda ishlashini ma’lum qildi.

"Coca-Sola Superligada VAR ishlaydigan o‘yinlar sonini ko‘paytirish ustida ishlaymiz.

Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga bo‘ladi. Boisi, "Turon" bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo‘lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab, aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yig‘ayotgan xususiy klublarimizni ham yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.

Biz bir yil avval, o‘xshash mavzu yuzasidan "Turon" bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham "Turon", "Andijon", "Yangier", "Istiqlol" kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin.

"Turon" katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qo‘l siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi", - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Doniyor Kuldoshov
15/03/2021 22:26
уларга қарши бирга курашишимиз кераклигини улар яхши тушуниб туришибди", - деди Диёр Имомхўжаев.

Кўп гап эшшакка юк, Сиздан халқ кутадигани натижа. Нима иш қилдиз шуни сарҳисоби...

Агар натижа бўлмаса, яъни футболга адолат олиб кирилмаса, нопрофессионаллар ишларини давом эттираверса, Сизга ҳам чиқиш эшиклари кўрсатилиши мумкин...
&
Турсун Ғани
15/03/2021 21:51
VAR ни кўпайтиринглар Жамоаларни синдирмасин Ҳакамларнинг хатолари. Турон нене умидлар биланСуперлигага етиб келган. Мен бу жамоани Қурувчи...Бунёдкорга ўхшаб футболимизга ўз ўрни бўлишини ҳоҳлайман. МҲСК Дустликлардек йўқ бўлиб кетмасин. Бунинг учун эса АДОЛАТ керак. У эса VAR да бор.
&
Турсун Ғани
15/03/2021 21:43
Шу бола Диёр Имомхужаев футболни зўр шархлар эди. Ҳозир унинг шархларини согиндик. Футбол тв дага бози Дўрриқ овозлилардан Диёрнинг шарҳлари яхши эди. Футбол шарҳларига ўтиб турсин Диёр Имомхужаев.
Дилшод Даврлнов
15/03/2021 12:37
Balki sening ham ulushing bordir Bu hakamda oldin bulmagan bulsa aniq endi buladi Ha bu tayor pulki San uchun Hakamga jazo bergandae bulib bosti bosti qilasanlar Baliq boshlaringdan sasigan uzi Harom luqmani fazandlaring eiyotganda kuziga qandae qaraesanlar Fudbol rahbarlariga tegishli Uein bekor qilinsin Hakamni fydboldan haedanglar hakamni hatosi kup Bitta fenalti emas
&
Sash
15/03/2021 00:02
Bu bolada vijdon bulganda ishdan ketardi. Qug'irchoq boshqa ish qil halqdi qarg'ishini olib bola chaqa boqyapsanmi. Erkakmisan. Turon di murabbiyi malades. Mujek ishdan olsa olsin ish kup. Mujek. Ruziqul akadan ham shu suzlarni kutuvdik pahta bn 2 ta uyindan kin. Uzbdan futboldi yuqotinglar.
Кахрамонжон Сафаров
14/03/2021 23:02
Диёр сен бола тирикчиликни зур йулига утиб олдинг койил
Sari Magkolik
14/03/2021 22:59
VAR ni kupaytirgancha bunaqangi iflos sudyalarni kamaytir Diyorcha men sug'diyona muxlisi busamam hakamni ishini oqlamayman,kim kafolat beradi ertaga shu kun sugdiyonani boshiga tushmaydi deb..