Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Dmitriy Bivol qaytmoqda!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

34 yoshli rossiyalik bokschi beldagi operatsiyadan keyin mashg‘ulotlarni boshlaganini ma’lum qildi.

34 yoshli rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol beldagi operatsiyadan keyin mashg‘ulotlarni boshlaganini ma’lum qildi.

“Kecha engil mashg‘ulot o‘tkazdim. Tiklanish reja bo‘yicha ketyapti. Umid qilaman, to‘rt-olti haftadan so‘ng to‘liq mashg‘ulotlarga qaytaman”, — deb yozdi mutlaq chempion Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Bivol so‘nggi jangini 23 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Artur Beterbievga qarshi o‘tkazib, hakamlarning qaroriga ko‘ra (114–114, 116–112, 115–113) g‘alaba qozongandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q