Donnarumma: Bunga haqqimiz ham yo‘q

  • 16.10.2025 17:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma Jahon chempionati yo‘llanmasi haqida gapirdi.

Tecno

"Bu uchinchi marta takrorlanmaydi. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Bunga haqqimiz ham yo‘q, aslida. Biz albatta bo‘lajak Mundialda ishtirok etamiz. Bunga hech qanday shubham yo‘q. O‘tmishda qilingan xatolardan saboq olmoqdamiz. Hech kimga past nazarda qaramoqchi emasmiz va barcha jamoalarga qarshi yaxshi tayyorgarlik bilan maydonga tushamiz. Hozirda terma jamoada yaxshi muhit yaratilgan va bu bizga qo‘shimcha kuch bo‘lmoqda. Pley-offning qolgan uchrashuvlariga to‘liq tayyormiz. Mart oyigacha Gattuzo g‘oyalarini chuqurroq o‘zlashtiramiz", - dedi kiper.

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi saralash bosqichida "I" guruhida 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!